logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kamavinga yozda jamoasini o'zgartirishi kutilmoqda

 2 APREL, 2026, 12:18

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga kelayotgan yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Frantsiyalik futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy tarkibida doimiy o'ringa ega emas, shu sababli matbuotda uning ehtimoliy ketishi haqida gap-so'zlar ko'paygan. Diario AS nashrining ma'lumotlariga ko'ra, Angliya Premer-ligasi grandlari va «PSJ» 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. «Real» rahbariyati hali yakuniy qarorga kelgani yo'q, futbolchining o'zi ham faoliyatini qaerda davom ettirishini hozircha belgilab olmagan.

Eduardo Kamavinganing bozor qiymati Transfermarkt ekspertlari tomonidan 50 mln evroga baholanmoqda, uning amaldagi mehnat shartnomasi esa 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi joriy mavsumda o'tkazilgan 34 ta o'yinda ikkita gol urdi va bir marta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ