logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Kastilya»ning eng istiqbolli himoyachisi uchun kurash boshlandi

 2 APREL, 2026, 12:18

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Diego Aguado boshqa nufuzli klublar nazariga tushdi.

19 yoshli futbolchi «qaymoqranglilar»ning asosiy jamoasi safida bor-yo'g'i ikkita o'yin o'tkazgan bo'lsa-da, «Kastilya»ning eng istiqbolli vakillaridan biri hisoblanadi. Diario AS nashrining ma'lumotlariga ko'ra, ushbu kelajagi porloq ispaniyalik bilan shartnoma imzolashga «Milan», Dortmundning «Borussiya»si, «Nyukasl» va «Parma» klublari qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali ekspertlari futbolchining qiymatini 5 mln evroga baholamoqda.

Diego Aguadoning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yosh markaziy himoyachi mart oyi o'rtalarida La Liga doirasida «qirollik klubi» libosida o'z debyutini nishonlagan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ