logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:23
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Yuventus" asosiy himoyachisini 60 mln evroga sotishga tayyor

 2 APREL, 2026, 08:42

«Yuventus» markaziy himoyachisi Gleyson Bremer Evropaning top-klublarida qiziqish uyg'otdi.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini Angliyaning «Liverpul», «Chelsi», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem» klublari, shuningdek, Germaniyaning «Bavariya» hamda Frantsiyaning «PSJ» jamoalari ko'rib chiqmoqda. «Keksa sinora» 29 yoshli futbolchi uchun taxminan 60 mln evro talab qilmoqda.

Transfermarkt portaliga ko'ra, Gleyson Bremerning bozor qiymati ancha past — 35 mln evroni tashkil etadi. Joriy mavsumda futbolchi «Yuventus» safida barcha turnirlarda 24 ta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta gol va shuncha golli uzatmani yozdirib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ