logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:22
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Salixamidjich: «Italiya futboli qiyin damlarni boshdan kechirmoqda»

 2 APREL, 2026, 08:36

Bosniyalik mashhur sobiq futbolchi Xasan Salixamidjich Italiya terma jamoasining yaqindagi muvaffaqiyatsizligi haqida fikr bildirdi.

«Skuadra adzurra» Jahon chempionati yo'llanmasi uchun kechgan pley-off finalida Bosniya va Gertsegovinaga mag'lub bo'ldi. Mundial yo'llanmasi taqdirini penaltilar seriyasi hal qildi va unda bosniyaliklar 4:1 hisobida ustun keldilar.

«Italiya futboli qiyin damlarni boshdan kechirmoqda. Men uchun bu borada «Yuventus» barometr vazifasini o'taydi: qachonki klubda yaxshi davr bo'lmasa, Italiya terma jamoasi ham qiyinchiliklarga duch keladi», — deya o'z vaqtida «keksa sinora» safida to'p surgan Salixamidjichning so'zlarini keltiradi Italiya OAVlari.

Italiya terma jamoasi o'z tarixida ilk bor qatorasiga uchinchi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ