logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Everton" yulduzi "MYu"ga o'tishni orzu qilmoqda

 2 APREL, 2026, 08:24

«Everton» futbolchisi Iliman Ndiaye «Manchester Yunayted»ga o'tishga qiziqish bildirmoqda. «Qizil iblislar» 26 yoshli vingerning yutuqlarini kuzatib borishmoqda va mavsumlar oralig'ida uni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqishmoqda.

UtdDistrict xabariga ko'ra, senegallik futbolchi «MYu»ni o'z orzusidagi klub deb hisoblaydi va imkoniyat tug'ilishi bilan transferni amalga oshirishga tayyor. Shunga qaramay, manbaning aniqlik kiritishicha, ayni damda mankunianliklar rahbariyati e'tiborni yarim himoya chizig'ini kuchaytirishga qaratgan.

Transfermarkt ekspertlari Iliman Ndiayening bozor qiymatini 50 million evroga baholamoqda. Premer-liganing joriy mavsumida futbolchi «irislar» safida 25 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 3 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ