logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:18
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Artetaga yangi hujumchi kerak: "Bayer" yulduzi "Arsenal" radarida

 2 APREL, 2026, 07:42

«Bayer» hujumchisi Kristian Kofanening agenti Londonning «Arsenal» klubi o'z mijozining xizmatlariga qiziqish bildirayotganini tasdiqladi.

19 yoshli futbolchining ingliz grandi safiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlar shu yilning mart oyida tarqalgan edi.

«Arsenal» Kofanega jiddiy qiziqish bildirmoqda — u Mikel Artetaga juda manzur kelgan. Biz klub bilan aloqada bo'lib turibmiz, biroq hozirda ular bor e'tiborlarini Premer-liga chempionligini qo'lga kiritishga qaratishgan.

Hozircha Kristian uchun asosiy da'vogar kimligini aytish erta, deb o'ylayman. Ammo uning ham Arteta kabi ispan tilida gaplashishini inobatga olsak, «Arsenal» bu poygada peshqadamlik qilmoqda, deya olaman. Kofane — 100 million evrolik o'yinchi. Klub uning timsolida keyingi o'n yil uchun yuqori toifali hujumchiga ega bo'ladi», — dedi agent Erik Depolo Daily-Arsenal nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Transfermarkt portali Kristian Kofaneni 40 million evroga baholagan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ