Shvetsiya guruhda so'nggi o'rinni egallab, Jahon chempionatiga yo'l olgan ilk jamoa
2 APREL, 2026, 07:36
Shvetsiya terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Polsha ustidan 3:2 hisobida g'alaba qozonib, Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Polshada hakamlikdan norozilik va afsus nadomatlari avj olgan bir paytda, qiziq bir fakt oydinlashdi: shvetsiyaliklar Jahon chempionatlari tarixida saralash guruhida oxirgi o'rinni egallab turib, final bosqichiga yo'l olgan ilk jamoaga aylandi.
Shvetsiyaning bu muvaffaqiyatiga Millatlar Ligasidagi natijalari sabab bo'ldi — aynan ushbu turnir ularga Mundial eshiklarini qayta ochib berdi. Ta'kidlash joizki, Shvetsiya terma jamoasi Jahon chempionatlarining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi va hatto finalgacha etib borgan. Bu voqea 1958 yilda, mamlakat mezbonlik qilgan turnirda yuz bergan. Shuningdek, jamoa nisbatan yaqin o'tmishda — 1994 yilgi chempionatda ham yarim finalga qadar etib borgan edi.
