logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Barakalla! "Nomzodlar turniri". Sindarov peshqadamlar bahsida asosiy raqibi Fabiano Karuanani mag'lub etdi

 2 APREL, 2026, 00:32

Kiprning Peyya shaharchasi shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million evroni tashkil etuvchi "Nomzodlar turniri"ga mezbonlik qilmoqda.

Xabar berganimizdek, musobaqada amaldagi Jahon Kubogi g'olibi hamyurtimiz Javohir Sindarov ham muvaffaqiyatli ishtirok etyapti. Grossmeysterimiz ilk turda rossiyalik Andrey Esipenkoni mag'lub etib, ikkinchi turda germaniyalik Mattias Blubaum bilan murosaga kelgan, uchinchi turda esa qora donalarda o'ynaganiga qaramay, o'zi singari 1,5 ochkoga ega bo'lib turgan hindistonlik Rameshbabu Praggnanandhani chiroyli tarzda taslim etishga muvaffaq bo'lgandi. 

Hozirgina Sindarov asosiy raqibi, o'zi singari 2,5 ochkoga ega bo'lib turgan, dunyoning amaldagi uchinchi raqamli shaxmatchisi amerikalik Fabiano Karuanani mag'lub etishning uddasidan chiqdi. Ushbu g'alabadan so'ng Javohir 4 imkoniyatdan 3,5 ochko to'plab, turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib oldi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ