logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:57
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Abduqodir Husanov: «Men ushbu klubda o'ynayotganimdan faxrlanaman»

 1 APREL, 2026, 23:48

"Manchester Siti" himoyachisi Abduqodir Husanov klubning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilganidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Men ushbu klubda o'ynayotganimdan faxrlanaman. «Siti»ning ajoyib muxlislari bor — ular uyda ham, safarda ham bizni katta sonda qo'llab-quvvatlashadi. Bu futbolkani kiyish — juda katta mas'uliyat.

Ularning qo'llab-quvvatlashi, albatta, biz uchun juda muhim. Men shaxsan ularga minnatdorchilik bildirmoqchiman — hatto qiyin paytlarda ham ular bizni yolg'iz qoldirmaydi. Biz buni juda qadrlaymiz.

Biz ular uchun yana ko'proq sovrinlar yutishni istaymiz. Va, albatta, mening orzum — Chempionlar ligasida g'alaba qozonish».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ