logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Manchester Yunayted»ning yozgi o'rtoqlik o'yinlaridagi raqiblari ma'lum bo'ldi

 1 APREL, 2026, 22:42

«Manchester Yunayted» yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida yozda bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi. Qizig'i shundaki, o'yinlar Evropaning turli shaharlarida bo'lib o'tadi, deb xabar beradi The Athletic.

“Qizil iblislar”ning ilk raqibi «Reksem» bo'ladi — mazkur uchrashuv 18 iyul kuni Helsinkida o'tkaziladi. 24 iyul kuni Tronxeymda mankunianlar «Rusenborg» bilan kuch sinashadi. 1 avgust kuni esa Stokgolmda «Atletiko» (Madrid)ga qarshi maydonga tushadi.

8 avgust kuni Gyoteborgda «Pari Sen-Jermen»ga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. 12 avgust kuni Dublinda «Lids Yunayted» bilan bahs rejalashtirilgan. 15 avgust kuni esa Vrotslavda «Milan»ga qarshi uchrashuv o'tkaziladi.

Qayd etilishicha, avvallari «Manchester Yunayted» ko'p bora yozgi yig'inlarni AQShda o'tkazgan. Ammo bu safar klub mavsumoldi tayyorgarlikni uyga yaqinroq tashkil etishga qaror qildi — bu mashg'ulotlar uchun «Karrington» bazasida ko'proq vaqt ajratish imkonini beradi. Shuningdek, tijoriy qiziqishga qaramay, mankunianlar bu gal Osiyoga safar qilmaydi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ