Obi Mikel: "Rosenor o'z avtoritetini o'tkazishga harakat qilmoqda, lekin jamoani nazorat qila olmayapti"
1 APREL, 2026, 20:12
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Djon Obi Mikel "ko'klar" bosh murabbiyi Liam Rosenor haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Uning tayinlanishida nimadir noto'g'ri. Rosenor ma'lum bir uslubda gapirishga harakat qiladi. Matbuot anjumanlarida u o'z hukmini kuch bilan o'tkazishga intiladi. U buni xohlaydi, lekin bu tabiiy ko'rinmaydi. Har safar uning nutqini eshitganimda, u xuddi shunday deyayotgandek tuyuladi: "O, mening jamoam, o, mening futbolchilarim, men o'z o'yinchilarimni qanday ko'rishni xohlayman".
Bunday qilish mumkin emas. Bu xuddi "men vaziyatni nazorat qilishni xohlayman" deb o'z avtoritetini majburan tiqishtirishga o'xshaydi. Lekin hammamiz bilamizki, senda hech qanday nazorat yo'q", — dedi Obi Mikel o'z podkastida.
Eslatib o'tamiz, Liam Rosenor shu yilning yanvar oyi boshida "Chelsi" bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. U bu lavozimda Entso Mareskani almashtirgan.
