logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 19:00
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Manchester Yunayted" Gonsalu Ramush bilan aloqaga chiqmoqda

 1 APREL, 2026, 19:54

"PSJ" hujumchisi Gonsalu Ramush faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi mumkin. Jurnalist Ekrem Konurning ma'lumotlariga ko'ra, portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Manchester Yunayted" jiddiy qiziqish bildirmoqda.

"Qizil iblislar" allaqachon hujumchining vakillari bilan bog'lanishgan. Futbolchi ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun Parij klubini tark etishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Gonsalu Ramush 2024 yilda "Benfika"dan "PSJ"ga 65 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2028 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik hujumchi parijliklar safida barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ