logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:38
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donnarumma Bosniya darvozaboni "shpargalkasi"ni yirtib tashladi

 1 APREL, 2026, 17:00

Italiya terma jamoasi ketma-ket uchinchi bor jahon chempionatini o'tkazib yuboradi. Saralashning pley-off finalida Jennaro Gattuzo shogirdlari 1:1 hisobidagi durangdan so'ng, penaltilar seriyasida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berishdi.

Qizig'i shundaki, penaltilar seriyasi vaqtida ikki darvozabon o'rtasida kichik mojaro kelib chiqdi. Bosniyalik Nikola Vasilning yonida "shpargalka" bor edi — unda italiyalik futbolchilar penaltini odatda qaysi tomonga tepishlari ko'rsatilgan bo'lgan. «Manchester Siti» darvozaboni Janluidji Donnarumma esa raqibini bu ustunlikdan mahrum qilishga urindi va o'sha eslatmani g'ijimlab, yirtib tashladi. Biroq bu Italiya terma jamoasiga yordam bermadi — jamoa mundialni yana televizor orqali tomosha qiladigan bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, jahon chempionatiga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ