logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Barsa" Reshfordni "MYu"dan 30 mln evroga sotib olishi mumkin bo'lgan vaqt yakunlandi

 1 APREL, 2026, 16:54

«Barselona» hujumchi Markus Reshfordni «Manchester Yunayted»dan avval kelishilgan narxda sotib olmaslikka qaror qildi.

O'tgan yozda kataloniyaliklar ingliz futbolchisini «Yunayted»dan 30 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan edilar. SER Catalunya jurnalisti Nil Solaning ta'kidlashicha, sotib olish optsiyasining amal qilish muddati mart oyida tugagan va «ko'k-anorranglilar» undan foydalanishmagan.

Endi «Barselona» 28 yoshli hujumchining sotib olish summasini pasaytirish yoki uni yana bir mavsumga ijaraga olish bo'yicha «MYu» bilan yangi muzokaralar o'tkazmoqchi, biroq buni amalga oshirish ancha qiyin bo'ladi.

Xabar qilinishicha, hozirda tomonlarning kelishuvga erishishidan ko'ra, klub va futbolchi o'rtasidagi hamkorlik to'xtatilishi ehtimoli yuqoriroq bo'lib turibdi.

Reshford La Liganing joriy mavsumida 24 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ