logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 23:14
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Buffon: "Bu juda og'riqli, Gattuzo bilan iyungacha qolamiz"

 1 APREL, 2026, 13:54

Italiya terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluidji Buffon JCh-2026 saralashining hal qiluvchi pley-off bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyat boy berilganidan so'ng (1:1, penaltilar seriyasida – 1:4) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu juda nozik payt. Vaziyatga baho berish uchun bizga vaqt kerak. Mavsum iyun oyida yakunlanadi, shuning uchun Federatsiya, prezident va bizga ishongan barcha insonlar oldida to'g'ri va adolatli yo'l tutish uchun o'sha vaqtgacha qolishga qaror qildik.

Agar o'yinimizda ijobiy o'zgarishlar va o'sish sezayotgan bo'lsangiz, men bundan juda xursandman. Bu maqsadlarimizdan biri edi. Ammo, shubhasiz, eng asosiy maqsad Jahon chempionatiga yo'l olish edi.

U erga bora olmaslik – haqiqatan ham juda og'riqli. Hozir fikrimiz tiniqligini yo'qotish xavfi bor, shuning uchun shu erda to'xtayman. Biz iyun oyigacha shu erda bo'lamiz, keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Buffon.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ