logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Martines: «Ronalduning jahon chempionatidagi ishtiroki shubha ostida emas»

 1 APREL, 2026, 13:12

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines JCh-2026 arafasida Krishtianu Ronalduning istiqbollari haqidagi savolga javob berdi.

41 yoshli hujumchi jarohati sababli portugaliyaliklarning mart oyidagi yig'inini o'tkazib yubordi. «An-Nasr» yulduzi fevral oyi oxiridan beri maydonga tushmayotgan bo'lsa-da, aftidan, tez orada safga qaytadi.

«Ronalduning tiklanish jarayoni yaxshi ketmoqda — uning jahon chempionatidagi ishtiroki borasida hech qanday shubha bo'lmasligi kerak. Ammo u ham boshqa futbolchilarimiz kabi teng huquqli a'zo va qolgan 60 kun ichida biz har bir o'yinchining holatini sinchkovlik bilan kuzatib boramiz. Hozirda shunisi aniqki, bu jarohat Krishtianuning turnirda qatnashishiga hech qanday xavf tug'dirmaydi», — deya Martinesning so'zlarini keltirmoqda Al Nassr Zone.

Kecha tunda Portugaliya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida AQShlik raqiblarini mag'lubiyatga uchratdi (2:0).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ