logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Siti» «Yunayted» transfer maqsadini ilib ketmoqda

 1 APREL, 2026, 12:54

Manchester grandlari «Nottingem Forest» yarim himoyachisi Elliot Anderson uchun kurashni davom ettirishmoqda.

Daily Mail nashrining xabar berishicha, ayni damda 23 yoshli futbolchi uchun kechayotgan bahsda «Manchester Siti» o'z «qo'shnilari» — «Yunayted»ni ortda qoldirmoqda. Har ikki klub ham «o'rmonchilar» yulduzini shu yozda o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirgan. Biroq, agar futbolchi o'z istaklarini Antuan Semeno holatidagidek aniq bildirsa, «qizil iblislar» kurashni to'xtatib, e'tiborlarini boshqa nomzodlarga qaratishadi.

Transfermarkt portali ekspertlarining talqiniga ko'ra, Elliot Andersonning bozor qiymati 60 million evroni tashkil qiladi. Xavbekning «Nottingem Forest» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ