logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 08:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Roberto Martines: «Bizga futbolchilarning bir-biriga moslashishi uchun vaqt kerak»

 1 APREL, 2026, 12:36

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines o'rtoqlik uchrashuvida AQSh ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng jamoa o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Portugaliyaliklar 37 va 59-daqiqalarda Fransishku Trinkan hamda Joau Feliks tomonidan kiritilgan gollar evaziga zafar quchishdi. Bundan avvalgi bahsda Martines shogirdlari Meksikani mag'lub eta olishmagan edi (0:0).

«Har ikkala o'yinning ikkinchi bo'limida biz yaxshiroq harakat qildik. Ko'rinishidan, barcha futbolchilarning bir-biri bilan til topishib, moslashib ketishi uchun bizga ko'proq vaqt kerak bo'lmoqda. Bugun Meksikaga qarshi o'yin bilan solishtirganda o'sishni ko'rdik. AQSh terma jamoasi jismoniy jihatdan juda kuchli — bu jiddiy raqib. Evropadan bo'lmagan jamoalarga qarshi o'ynaganimizdan xursandman, bu bizga moslashib olishimiz uchun osonroq bo'ladi», — dedi Roberto Martines o'z intervyusida.

Eslatib o'tamiz, bo'lajak mundialda Portugaliya terma jamoasiga DR Kongo, O'zbekiston va Kolumbiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ