logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

SHahram G'iyosov tasdiqladi. Jang Ehromlar yurtida kamar uchun kechadi

 1 APREL, 2026, 11:48

Yarim o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar SHahram G'iyosov Aleksandr Usik va Riko Verxoven ishtirokidagi katta shou kardida ringga chiqadi.

CHarm qo'lqop ustamiz 23 may kuni Misrda britaniyalik Jek Ketterolga qarshi WBA muntazam chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi. Bu malumotni saytimizga bergan intervyusida G'iyosovning o'zi ham tasdiqladi. 

"Alhamdulillah, jangim rasman tasdiqlandi. Bu yangilikni hammadan ko'ra o'zim kutgandim. Alloh xayrli qilsin. Bir-ikki kunda Turkiyaga uchib ketaman, jang oldidan mashg'ulotim o'sha erda bo'ladi. Jangga Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov qo'l ostida tayyorgarlik ko'raman. Men bilan birga Dmitriy Bivol, Rajab Butaev va Bahodir Jalolov ham mashg'ulotlarga kirishadi. Bahodirning jangi boshqa kardda o'tkaziladi. Jangimda o'rtaga WBA Regular kamari o'rtaga qo'yiladi", - dedi G'iyosov. 

Eslatib o'tamiz, SHahram G'iyosov ham, Jek Ketterol ham 32 yoshda. Britaniyalik bokschi o'tgan yili ikkita g'alaba bilan yarim o'rta vazn toifasiga ko'tarildi va hozirda WBA reytingida oltinchi o'rinni egallab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ