logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 22:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Iroq — JCh-2026 ishtirokchisi! Qit'alararo pley-offda Boliviya mag'lub etildi

 1 APREL, 2026, 10:12

Iroq va Boliviya milliy terma jamoalari o'rtasida qit'alararo final pley-off uchrashuvi bo'lib o'tdi. Unda osiyoliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi.

O'yinning 10-daqiqasida Ali Al-Hamadi gol urib, Iroqni hisobda oldinga olib chiqdi. Tanaffusga etti daqiqa qolganda Moyses Paniaguaning sa'y-harakatlari bilan boliviyaliklar muvozanatni tiklashdi. Biroq 53-daqiqada Aymen Husseyn Osiyo vakillarining ikkinchi golini urdi. Janubiy amerikaliklar har qancha harakat qilishmasin, hisobni ikkinchi bor tenglashtira olishmadi va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'ldan chiqarishdi.

Endi Iroq terma jamoasi mundialning guruh bosqichida Frantsiya, Senegal va Norvegiya bilan kuch sinashadi.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 11 iyunda boshlanib, 19 iyulga qadar davom etadi. Turnirda ilk bor 48 ta jamoa ishtirok etadi va o'yinlar uchta davlat — AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ