logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:40
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Levandovski Polshaning JChga chiqa olmaganiga munosabat bildirdi

 1 APREL, 2026, 09:06

Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan pley-off o'yinida Shvetsiyadan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

«Bunday o'yindan keyin biror nima deyish qiyin. Hozirgi hissiyotlarimizni aniq ifodalab beradigan so'zlarni topa olamanmi-yo'qmi, bilmayman.

Futbol shafqatsiz bo'lishi mumkin. Yaxshi o'ynab, ikki marta hisobni tenglashtirib, yakunda hech narsasiz qolish mumkin ekan. Muxlislar uchun bu eng dahshatli tuyg'u. Bu juda alamli, chunki biz g'alabaga juda yaqin edik.

Agar qo'shimcha bo'limlar bo'lganida, imkoniyatlarimiz har daqiqa sayin ortib borgan bo'lardi.

Biz ularni mag'lub eta olishimizga ishongandik — xoh ikkinchi bo'limda bo'lsin, xoh qo'shimcha vaqtlarda», — dedi Robert Levandovski.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ