logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Kazemiro: "Manchester Yunayted"dagi so'nggi kunimda yig'layman"

 1 APREL, 2026, 08:42

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Karlos Kazemiro mankunianliklar klubidagi so'nggi kunida ko'z yoshlarini tiyish unga qiyin bo'lishini ta'kidladi.

«MYu»dagi oxirgi kunimda ko'z yoshlarimni tutib turish men uchun mushkul bo'ladi. Rafiqam jamoada yana bir yil qolishim haqidagi chaqiriqlarni eshitgandayoq yig'lab yuborgan edi. Men umrimning oxirigacha «MYu»ning bir qismi bo'lib qolaman», — dedi braziliyalik futbolchi «qizil iblislar» matbuot xizmatiga.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kazemiro mavsum yakunida «MYu»dan ketishini rasman e'lon qilgan edi. Hozirda futbolchi 34 yoshda bo'lib, u «qizil iblislar» safiga 2022 yilning yozida, Erik ten Xag davrida kelib qo'shilgan edi. «San-Paulu» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Kazemiro 2013 yildan 2022 yilgacha Madridning «Real» klubida to'p surgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ