Luis Enrike portugaliyalik yulduzni "PSJ"da ko'rmoqchi
1 APREL, 2026, 08:42
«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin.
Fichajes nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, «PSJ» klubi portugaliyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. Xavbekni Parij klubida ko'rishni shaxsan Luis Enrike istamoqda. Ispaniyalik mutaxassis Brunu Fernandesh, Vitinya va Joau Neveshdan iborat yarim himoya triosini shakllantirishni rejalashtirgan. «Manchester Yunayted» parijliklarning portugaliyalik futbolchi transferi bo'yicha bergan 70 million evrolik taklifini rad etdi. «PSJ» uchun Brununi qo'lga kiritishning yagona yo'li — evaziga Joau Neveshni berish yoki 120 million evro to'lashdir.
Brunu Fernandesh 2020 yilda «Sporting»dan «Manchester Yunayted»ga 65 million evro evaziga o'tgan edi. Uning «qizil iblislar» bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan. Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Manchester klubi safida barcha turnirlarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
