logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 18:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Bosniya ustozi Italiya mag'lub etilganidan so'ng o'z fikrlarini bildirdi

 1 APREL, 2026, 06:06

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Barbarez Jahon chempionati — 2026 yo'llanmasi uchun kechgan «A» yo'li pley-off finalida Italiya ustidan qozonilgan g'alabani (1:1, penaltilar seriyasida — 4:1) izohladi.

«Men futbolchilarimga: "Maydonga tushing va o'yindan zavq oling", deb aytdim. Men hali biror marta o'yinni bunchalik xotirjamlik bilan boshlab, bunchalik xotirjam yakunlamagan edim. Birinchi bo'lim boshida muammolarimiz bor edi: o'yinimiz tashkillashtirilmagandi, kerakli pozitsiyalarni egallamadik va raqibni nazorat qila olmadik. Shu sababli bir nechta qarshi hujumlarni o'tkazib yubordik. Lekin siz ko'rdingiz — biz hatto bir kishi kam bo'lib ham ajoyib himoyalangan jahon darajasidagi jamoaga qarshi o'ynab, boshidanoq g'alabaga ishongandik», — deya Barbarezning so'zlarini UEFA rasmiy sayti keltirmoqda.

Tarixda ilk bor Jahon chempionligini qo'lga kiritgan terma jamoa ketma-ket uch marta dunyo birinchiligining final bosqichida ishtirok etmaydigan bo'ldi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ