logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 17:51
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Donnarummaning g'azabi va futbolchilarning ko'z yoshlari: Italiyaning JChdan chiqib ketishi dramatik tus oldi

 1 APREL, 2026, 06:06

Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan «A» yo'li pley-off final bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4). Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» o'z tarixida ilk bor ketma-ket uchta dunyo birinchiligini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Italiyaliklar ushbu voqeaga juda hissiyotli tarzda munosabat bildirishdi. Ko'plab futbolchilar tiz cho'kib, yuzlarini qo'llari bilan to'sgancha o'z tuyg'ularini yashirishga harakat qilishdi. Shuningdek, o'yindan so'ng italiyaliklar darvozaboni Janluidji Donnarumma Bosniya va Gertsegovina vakillaridan biri bilan janjallashib ketishiga sal qoldi (mushtlashishga chog'landi).


Hozirgi vaqtga kelib, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. Ta'kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to'rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ