logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:13
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Niderlandiya va Ekvador bahsida durang qayd etildi

 1 APREL, 2026, 05:48

Niderlandiya va Ekvador terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Final hushtagi chalinganida hisob 1:1 ko'rinishini oldi. Uchrashuv Eyndxovendagi «Filips» stadionida bo'lib o'tdi. Bahsni germaniyalik bosh hakam Sasha Shtegemann boshqarib bordi.

O'yinning uchinchi daqiqasida Vilyam Pacho avtogol muallifiga aylanib, niderlandlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 12-daqiqada Evropa jamoasi vakili Denzel Dumfris qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. 24-daqiqada Enner Valensiya penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Jahon chempionati — 2026 turnirida Niderlandiya terma jamoasi «F» guruhida Yaponiya, Tunis va yana bir (keyinroq ma'lum bo'ladigan) jamoaga qarshi bahs olib boradi. Ekvador esa guruh bosqichida Germaniya, Kyurasao va Kot-d'Ivuar bilan to'qnash keladi.

2026 yilgi Jahon chempionati yozda uchta mamlakat — AQSh, Kanada va Meksika hududida bo'lib o'tadi. Ayni damda Argentina terma jamoasi amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ