logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Italiya terma jamoasi tarixda ilk bor ketma-ket uchta jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

 1 APREL, 2026, 05:42

Italiya terma jamoasi JCh-2026 yo'llanmasi uchun kechgan «A» yo'li pley-off final bosqichida Bosniya va Gertsegovinaga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar seriyasida — 1:4). Shu tariqa, «Skuadra Adzurra» o'z tarixida ilk bor ketma-ket uchta dunyo birinchiligini o'tkazib yuboradigan bo'ldi.

Hozirgi vaqtga kelib, italiyaliklar oxirgi marta 2014 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishgan. O'shanda jamoa Kosta-Rika, Urugvay va Angliya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmagan edi. Ta'kidlash joizki, «Skuadra Adzurra» to'rt karra Jahon chempioni hisoblanadi.

Ayni damda amaldagi Jahon chempioni Argentina terma jamoasidir. 2022 yilgi turnir finalida Argentina milliy jamoasi Frantsiya bilan to'qnash kelgan. O'yinning asosiy vaqti 3:3 hisobida yakunlangan, penaltilar seriyasida esa Argentina terma jamoasi kuchliroq chiqqan edi (4:2).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ