logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:30
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Yuventus» qiziqishi fonida Levandovskining kelajagiga oid pozitsiyasi ma'lum bo'ldi

 1 APREL, 2026, 05:42

«Yuventus» klubi «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskining vakillariga futbolchiga qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi. Turin klubi skautlari hujumchining JCh-2026 saralashi doirasidagi Albaniyaga qarshi (2:1) kechgan pley-off yarim final o'yinidagi harakatlarini kuzatishdi. Ushbu bahsda polshalik futbolchi gol urishga muvaffaq bo'lgan edi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri yozmoqda.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Levandovski kelajagi borasida bir qarorga kelishga shoshilmayapti. U aprel oyining oxiridan oldin yakuniy to'xtamga kelmoqchi emas. «Ko'k-anorranglilar» 37 yoshli futbolchi bilan shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga tayyor, biroq buning uchun maosh sezilarli darajada kamayishi kerak. Ta'kidlanishicha, Levandovski va uning oilasi Barselonada baxtli va faoliyatini yakunlaganidan keyin ham shu erda yashashni rejalashtirmoqda.

Joriy mavsumda hujumchi «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda 37 ta o'yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 8 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ