Chexiya terma jamoasi 20 yillik tanaffusdan so'ng Jahon chempionatiga qaytdi
1 APREL, 2026, 05:30
Chexiya terma jamoasi oxirgi 20 yil ichida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi.
JCh-2026 saralashi pley-off bosqichining finalida Chexiya Daniyani penaltilar seriyasida mag'lub etdi (2:2, penaltilar bo'yicha — 3:1).
Chexiya terma jamoasi so'nggi bor 2006 yilda turnirning final bosqichida o'ynagan edi — o'shanda jamoa Italiya, Gana va AQSh bilan bir guruhdan joy olib, 3-o'rin bilan musobaqani tark etgandi.
JCh-2026 guruh bosqichida chexlar «A» guruhida Meksika, JAR va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
