JCh-2026ning 47 ta ishtirokchisi ma'lum
1 APREL, 2026, 05:18
Kanada, Meksika va AQSh mezbonlik qiladigan futbol bo'yicha 2026 yilgi Jahon chempionati: barcha ishtirokchilar.
JCh-2026 saralash turniri 2023 yilning sentyabr oyida boshlangan bo'lib, 2026 yilning mart oyida yakuniga etadi. Evropada saralash bosqichi o'tish (pley-off) o'yinlarini hisobga olgan holda 2025 yilning martidan 2026 yilning martigacha bo'lgan davrda bo'lib o'tmoqda.
2026 yil 1 aprel holatiga ko'ra JCh-2026 ishtirokchilari soni: 47 ta (48 tadan)
Kanada — mezbon mamlakat
Meksika — mezbon mamlakat
AQSh — mezbon mamlakat
Yaponiya — Osiyoda «C» guruhi g'olibi (2025 yil 20 mart)
Yangi Zelandiya — Okeaniyada uchinchi bosqich g'olibi (2025 yil 24 mart)
Eron — Osiyoda «A» guruhi g'olibi (2025 yil 25 mart)
Argentina — Janubiy Amerikada saralash bosqichi g'olibi (2025 yil 25 mart)
O'zbekiston — Osiyoda «A» guruhida ikkinchi o'rin (2025 yil 5 iyun)
Koreya Respublikasi — Osiyoda «B» guruhi g'olibi (2025 yil 5 iyun)
Iordaniya — Osiyoda «B» guruhida ikkinchi o'rin (2025 yil 5 iyun)
Avstraliya — Osiyoda «C» guruhida ikkinchi o'rin (2025 yil 10 iyun)
Braziliya — Janubiy Amerikada kuchli oltilikdan joy oldi (2025 yil 11 iyun)
Ekvador — Janubiy Amerikada kuchli oltilikdan joy oldi (2025 yil 11 iyun)
Urugvay — Janubiy Amerikada kuchli oltilikdan joy oldi (2025 yil 4 sentyabr)
Kolumbiya — Janubiy Amerikada kuchli oltilikdan joy oldi (2025 yil 4 sentyabr)
Paragvay — Janubiy Amerikada kuchli oltilikdan joy oldi (2025 yil 4 sentyabr)
Marokash — Afrikada «E» guruhi g'olibi (2025 yil 5 sentyabr)
Tunis — Afrikada «H» guruhi g'olibi (2025 yil 8 sentyabr)
Misr — Afrikada «A» guruhi g'olibi (2025 yil 8 oktyabr)
Jazoir — Afrikada «G» guruhi g'olibi (2025 yil 9 oktyabr)
Gana — Afrikada «I» guruhi g'olibi (2025 yil 12 oktyabr)
Kabo-Verde — Afrikada «D» guruhi g'olibi (2025 yil 13 oktyabr)
JAR — Afrikada «C» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Qatar — Osiyoda to'rtinchi bosqichning «A» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Angliya — Evropada «K» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Saudiya Arabistoni — Osiyoda to'rtinchi bosqichning «B» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Kot-d`Ivuar — Afrikada «F» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Senegal — Afrikada «B» guruhi g'olibi (2025 yil 14 oktyabr)
Frantsiya — Evropada «D» guruhi g'olibi (2025 yil 13 noyabr)
Xorvatiya — Evropada «L» guruhi g'olibi (2025 yil 14 noyabr)
Portugaliya — Evropada «F» guruhi g'olibi (2025 yil 16 noyabr)
Norvegiya — Evropada «I» guruhi g'olibi (2025 yil 17 noyabr)
Germaniya — Evropada «A» guruhi g'olibi (2025 yil 18 noyabr)
Niderlandiya — Evropada «G» guruhi g'olibi (2025 yil 18 noyabr)
Shveytsariya — Evropada «B» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Ispaniya — Evropada «E» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Avstriya — Evropada «H» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Belgiya — Evropada «J» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Shotlandiya — Evropada «C» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Panama — Shimoliy va Markaziy Amerikada «A» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Kyurasao — Shimoliy va Markaziy Amerikada «V» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Gaiti — Shimoliy va Markaziy Amerikada «S» guruhi g'olibi (2025 yil 19 noyabr)
Shvetsiya — Evropada pley-off turniri «B» yo'li g'olibi (2026 yil 31 mart)
Turkiya — Evropada pley-off turniri «C» yo'li g'olibi (2026 yil 31 mart)
Chexiya — Evropada pley-off turniri «D» yo'li g'olibi (2026 yil 31 mart)
Bosniya va Gertsegovina — Evropada pley-off turniri «A» yo'li g'olibi (2026 yil 31 mart)
Kongo DR — qit'alararo pley-off turniri 1-yo'li g'olibi (2026 yil 1 aprel)
