logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 06:17
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Shvetsiya Amerikaga yo'l oladi: Polsha bilan kechgan gollarga boy bahs shvedlar foydasiga hal bo'ldi

 1 APREL, 2026, 05:12

Shvetsiya terma jamoasi JCh-2026 final bosqichi yo'llanmasi uchun kechgan pley-off o'yinida Polsha ustidan g'alaba qozondi — 3:2.

Shvedlar safida Entoni Elanga, Gustaf Lagerbilke va Viktor Dyokeresh o'z hisobiga gol yozib qo'yishdi. Polyaklardan esa Nikola Zalevski va Karol Sviderski raqib darvozasini ishg'ol qilishdi. Dyokeresh tomonidan 88-daqiqada kiritilgan gol uchrashuvda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Ushbu g'alaba tufayli Shvetsiya terma jamoasi JCh-2026 final bosqichiga yo'l oldi va «F» guruhida Niderlandiya, Yaponiya hamda Tunis bilan kuch sinashadigan bo'ldi. Shvedlar o'z tarixida 13-bor Jahon chempionatida ishtirok etishadi.

JCh-2026 saralashi. Evropa. Pley-off. Final
31.03.2026 | 23:45
«Strawberry Arena», Stokgolm

ShVETsIYa — POL'ShA — 3:2
Gollar: Entoni Elanga 19 (1:0), Nikola Zalevski 33 (1:1), Gustaf Lagerbilke 44 (2:1), Karol Sviderski 55 (2:2), Viktor Dyokeresh 88 (3:2).

Shvetsiya: Nordfeldt, Starfelt, Lindelef, Lagerbilke, Chelstrem (Bergvall, 69), Ayyari (Svanberg, 90), Gudmundsson, Svensson, Nyugren (Lundgren, 81), Elanga (Zeneli, 69), Dyokeresh.

Polsha: Grabara, Bednarek, Kiver, Visnevski, Zelinski, Shimanski, Zalevski (Grositski, 90), Kesh (Pentek, 90), Sviderski (Petushevski, 63), Kaminski, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Chelstrem (62), Bergvall (76) — Kiver (43), Petushevski (65), Pentek (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ