logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Turkiya Jahon chempionatiga qaytdi: Kerem Aktyurkogluning goli Kosovoni mag'lub etdi

 1 APREL, 2026, 05:06

Turkiya terma jamoasi Jahon chempionati — 2026 final bosqichiga yo'llanma beruvchi pley-off o'yinida Kosovo ustidan g'alaba qozondi — 1:0. Uchrashuv Prishtinadagi «Fadil Vokkri» stadionida bo'lib o'tdi.

O'yindagi yagona gol muallifi Kerem Aktyurkoglu bo'ldi, u 53-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilishga muvaffaq bo'ldi.

Shu tariqa, Turkiya JCh-2026 ning «D» guruhida AQSh, Paragvay va Avstraliya milliy terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo'ldi. Musobaqa 11 iyundan 19 iyulga qadar uchta davlat: AQSh, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi. Tarixda ilk bor ushbu turnirda 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

Turkiya terma jamoasi bungacha ikki marta Jahon chempionatining final bosqichiga chiqqan — 1954 yilda jamoa guruh bosqichida o'z yurishini to'xtatgan bo'lsa, 2002 yilda faxrli uchinchi o'rinni egallagan edi.

JCh-2026 saralashi. Evropa. Pley-off. Final
31.03.2026 | 23:45
«Fadil Vokri», Prishtina

KOSOVO — TURKIYa — 0:1
Gol: Kerem Aktyurkoglu 53 (0:1).

Kosovo: Murich, Xayrizi, Xaydari (Aliti, 80), Dellova, Redjbechay (Rashitsa, 80), Xodja (Rraxmani, 90), Gallapeni, Voyvoda (Jegrova, 71), Musliya, Asllani, Murichi.

Turkiya: Ugurdjan Chakiir, Abdyulkerim Bardakdjii, Ozan Kabak, Ferdi Kadioglu, Zeki Chelik (Mert Myuldyur, 89), Xakan Chalxanoglu (Eren Elmali, 83), Ismail Yukshek, Orkun Kekchyu, Kenan Yiildiiz (Gyul, 89), Arda Gyuler (Ozdjan, 83), Kerem Aktyurkoglu (Bariish Yiilmaz, 68).

Ogohlantirishlar: Xaydari (45), Musliya (83), Rashitsa (90) — Kerem Aktyurkoglu (45), Ismail Yukshek (55), Xakan Chalxanoglu (65), Zeki Chelik (70), Ugurdjan Chakiir (90).

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ