logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:08
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Guti nima uchun "Milan"ga o'tishdan bosh tortganini aytdi

 31 MART, 2026, 22:00

"Real"ning sobiq yarim himoyachisi Guti o'z vaqtida "Milan"ga o'tishdan qanday bosh tortgani haqida gapirib berdi.

"Milan" menga "Real"da topganimdan ko'ra ko'proq pul taklif qilgandi, lekin meni pul ruhlantirmasdi. Men boshqa klubda 90 daqiqa o'ynagandan ko'ra, "Real"da 30 daqiqa maydonga tushishni afzal ko'rganman", — deya Gutining so'zlarini keltiradi Madrid Xtra.

Guti "Real" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "qaymoqranglilar" safida 1996 yildan 2010 yilgacha to'p tepgan. Yarim himoyachi madridliklar safida jami 542 ta o'yin o'tkazib, 77 ta gol urgan va 96 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

"Real" tarkibida Guti besh marta Ispaniya chempioni, to'rt marta Ispaniya Superkubogi, uch marta Chempionlar ligasi, ikki marta Qit'alararo kubok va bir marta UEFA Superkubogi sohibiga aylangan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ