logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 20:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Dzerbi "Tottenxem" bosh murabbiyiga aylandi

 31 MART, 2026, 21:24

"Tottenxem" klubi o'z rasmiy saytida Roberto De Dzerbi jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganini e'lon qildi. Mutaxassis bilan uzoq muddatli shartnoma imzolangani ta'kidlanmoqda.

Avvalroq OAVda 46 yoshli murabbiy besh yilga mo'ljallangan mehnat shartnomasiga qo'l qo'yishi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Italiyalik mutaxassis bunga qadar Angliya Premer-ligasida "Brayton" jamoasini boshqargan. De Dzerbining oxirgi ish joyi Frantsiyaning "Marsel" klubi bo'lib, u erni 2026 yilning fevral oyida tark etgan edi. Bundan tashqari, u "Shaxtyor", "Sassuolo", "Benevento" va "Palermo" jamoalarida ishlash tajribasiga ega.

Eslatib o'tamiz, 29 mart kuni "Tottenxem" shu yilning 14 fevralida tayinlangan murabbiy Igor Tudorni iste'foga chiqargan edi. Tudor 2025/2026 yilgi mavsumda jamoani boshqargan uchinchi mutaxassis bo'ldi. Bungacha klub daniyalik Tomas Frank va avstraliyalik Angelos Postekoglu bilan xayrlashgan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ