logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:21
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni o'zbekistonlik hakamlar boshqaradi

 31 MART, 2026, 20:18

Rossiya va Mali terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvida Rustam Lutfullin boshchiligidagi o'zbekistonlik hakamlar brigadasi ishlaydi.

Uchrashuv 31 mart kuni Sankt-Peterburg shahridagi “Gazprom Arena” stadionida bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanishi rejalashtirilgan. Rustam Lutfullinga qanotlarda Sanjar Shoyusupov va Akmal G'iyosov ko'maklashadi. Zaxira hakami — rossiyalik Aleksey Suxoy.

Ma'lumot uchun, 34 yoshli Lutfullin O'zbekiston chempionati va kubogi o'yinlaridan tashqari, xalqaro maydonda ham faoliyat yuritadi. U 2025-yilda 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida 3 ta o'yinni boshqargan. Shuningdek, 2024-yilda JCh saralash bosqichining 4 ta bahsida ishlagan.

E'tiborlisi, Valeriy Karpin boshchiligidagi Rossiya terma jamoasining mart oyidagi birinchi uchrashuvini (Nikaraguaga qarshi, 3:1) ham o'zbekistonlik hakamlar — Abdurashid Xudoyberganov boshchiligidagi brigada boshqargan edi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ