logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 21:31
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ake "Chelsi" bazasi yaqinida uy qurmoqda

 31 MART, 2026, 19:24

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Ake o'zi tarbiyalangan "Chelsi" klubiga qaytishi mumkin.

The Sun nashrining xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi "ko'klar"ning mashg'ulot bazasi yaqinida joylashgan hashamatli hovlini qayta ta'mirlamoqda. Bu esa niderlandiyalik futbolchining yana "Stemford Bridj"ga qaytishi haqidagi mish-mishlarni avj oldirdi.

Himoyachi o'tgan yilning noyabr oyida 4 million funt sterling qiymatidagi xususiy ko'chmas mulkni sotib olgan edi. Hozirda u mavjud uyni buzib, o'rniga ettita yotoqxona, mehmonxona va sovrinlar uchun alohida xonasi bo'lgan yangi hashamatli imorat qurish rejasini taqdim etgan.

Eslatib o'tamiz, Natan Ake 2011 yildan 2017 yilgacha "Chelsi" sharafini himoya qilgan. Niderlandiyalik futbolchi "ko'klar" safida jami 17 ta o'yin o'tkazib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ