logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 01:48
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Chelsi"ning ayrim futbolchilari Rosenordan norozi

 31 MART, 2026, 18:54

Sky Sports bosh muxbiri Kavex Solxekol Liam Rosenor qo'l ostidagi "Chelsi" o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Agar "Chelsi"ning so'nggi bir necha hafta ichidagi o'yinlariga e'tibor qaratsangiz, ayrim futbolchilar aslida o'z bosh murabbiylari uchun o'ynamayapti, degan taassurot paydo bo'ladi. Shunday ekan, savol tug'iladi: Liam Rosenorning qarorlari ularni ishontira oldimi yoki futbolchilar ham ko'plab muxlislar kabi uning tayinlanishini "Chelsi"dek katta klubni boshqarish uchun tajribasi etishmasligi sababli katta tavakkal deb hisoblamoqdamilar?" — dedi Solxekol.

Liam Rosenor shu yilning yanvar oyida "Chelsi" boshqaruviga kelgan va "ko'klar" bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolagan edi. Ayni damda London klubi Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida 31 turdan so'ng 48 ochko jamg'arib, 6-o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ