Konate "Real Madrid"dan taklif kutmoqda
31 MART, 2026, 18:42
"Liverpul" himoyachisi Ibraima Konate faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Diario AS nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, frantsiyalik futbolchi "Real"ga o'tishga qiziqish bildirmoqda. U Madrid klubidan keladigan taklifni kutishga tayyor. Konate hozirgacha "Liverpul" bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishgani yo'q. Shuningdek, u Evropaning bir nechta jamoalaridan tushgan takliflarni rad etgan.
Eslatib o'tamiz, Ibraima Konate 2021 yilda "RB Leyptsig"dan "Liverpul"ga 40 million evro evaziga o'tgan edi. Uning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda himoyachi ingliz klubi safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
