"Real" futbolchisi Entso Fernandesning transferiga qarshi chiqmoqda
31 MART, 2026, 18:36
"Real" klubi "Chelsi" yarim himoyachisi Entso Fernandesning transferiga qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Alvaro Varitoning ma'lumotlariga ko'ra, Madrid klubida argentinalik futbolchining kelishiga qarshi chiqayotgan o'yinchi mavjud. Uning ismi ochiqlanmagan, biroq bu futbolchi frantsiyalik emasligi alohida ta'kidlangan.
Entso londonliklar safidagi kelajagi borasida Jahon chempionati yakunlanganidan so'ng bir qarorga keladi.
Eslatib o'tamiz, Entso Fernandes 2023 yilda "Benfika"dan "Chelsi"ga 121 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2032 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Joriy mavsumda yarim himoyachi "ko'klar" safida barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
