"Tottenxem" de Dzerbi bilan kelishuvga erishdi
31 MART, 2026, 17:30
Roberto de Dzerbi "Tottenxem"ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Taniqli insayder va jurnalist Janluka di Martsio o'zining saytida xabar berishicha, London klubi italiyalik mutaxassis bilan printsipial kelishuvga erishgan.
De Dzerbi "Tottenxem"ni qabul qilib olishga rozi bo'ldi. Hozirda faqat shartnomaning ayrim detallarini kelishib olish qolgan. Avvalroq matbuotda de Dzerbiga besh yillik shartnoma taklif qilinayotgani haqida yozilgan edi.
Ayni damda "Tottenxem" Premer-liga turnir jadvalida 17-o'rinni egallab turibdi.
