logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 04:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasiga murojaat yo'lladi

 31 MART, 2026, 17:06

Krishtianu Ronaldu ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida yangi post qoldirdi. Seshanba kuni Portugaliya futbol federatsiyasi tashkil topganiga roppa-rosa 112 yil to'ldi.

"Bir asrdan ko'proq vaqt davomida Portugaliya futboli yangi cho'qqilarga ko'tarilib, butun dunyo bo'ylab millionlab insonlarni ilhomlantirib kelmoqda. Ushbu yo'lning bir qismi bo'lishdan va Portugaliya sharafini himoya qilishdan faxrlanaman. Tabriklayman, Portugaliya futbol federatsiyasi!" — deb yozdi Ronaldu.

Shuningdek, 41 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi bilan qo'lga kiritilgan uchta sovrin — Evropa chempionati (2016) hamda Millatlar ligasi (2019, 2025) kuboklarini boshi uzra ko'tarib tushgan suratlarini ham joylashtirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ