logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 16:52
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

"Liverpul" futbolchi transferi uchun katta mablag' tayyorlamoqda

 31 MART, 2026, 17:00

Yaqinda mavsum yakunlangach, "Liverpul" va Muhammad Salohning yo'llari ayrilishi e'lon qilingan edi. Misrlik hujumchi to'qqiz yillik faoliyatidan so'ng klubni tark etadi.

The Touchline nashri xabariga ko'ra, Salohning o'rnini bosish uchun "Liverpul"ning asosiy nishoni "Bavariya" futbolchisi Maykl Olise bo'lib qolmoqda. Mersisayd klubi myunxenliklarga Olise bo'yicha moliyaviy jihatdan ancha salmoqli taklif tayyorlamoqda. Futbolchining o'ziga esa "qizillar" uzoq muddatli shartnoma taklif qilishadi.

24 yoshli Maykl Olise nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari tomonidan 140 million evroga baholanmoqda. Futbolchi ilgari Angliyada "Reding" va "Kristal Pelas" klublarida to'p tepgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ