Qozog'iston Osiyo chempionatida ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi
31 MART, 2026, 13:48
SHu kunlarda Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahri boks bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda.Musobaqada ishtirok etayotgan Qozog'iston ayollar terma jamoasi hozirga qadar 3 ta yo'qotishga uchradi.
Rimma Volosenko (60 kg) 1/8 final bosqichida yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining kumush medali sohibasi, hindistonlik Priya Priyaga mag'lub bo'ldi - 0:5 (27:30, 27:30, 27:30, 28:29, 27:30).
Jazira Orakbaeva (51 kg) esa KXDR vakilasi Kum Bol An bilan bahsda jarohat sababli uchinchi raundga chiqmadi.
Elina Bazarova (54 kg) Hindiston terma jamoasi azosi Pritiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Manba: olamsport.com
