logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 02:55
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Milan» Moyze Kinning narxini tushirishga harakat qilmoqda

 31 MART, 2026, 13:36

«Fiorentina» markaziy hujumchisi Moyze Kin faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, «Milan» 26 yoshli italiyalik hujumchini «binafsharanglilar»dan sotib olmoqchi. Biroq ta'kidlanishicha, «rossoneri» futbolchining shartnomasida ko'rsatilgan 62 million evrolik tovon pulini to'lashni istamayapti va kelishuvni arzonroq narxda amalga oshirishga umid qilmoqda.

Joriy mavsumda Kin barcha turnirlarni hisobga olganda 32 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ