logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 00:19
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

«Barselona» «Xoffenxaym» yulduzi bo'yicha rasmiy so'rov yubordi

 31 MART, 2026, 13:06

«Xoffenxaym» markaziy hujumchisi Fisnik Aslani «Barselona» e'tiboriga tushdi. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar bermoqda.

Manbaning ta'kidlashicha, «Barselona» allaqachon Germaniya klubidan Aslanining ehtimoliy transferi bo'yicha rasmiy ma'lumot so'ragan. Xabar qilinishicha, «Xoffenxaym» 23 yoshli futbolchini 30 million evro evaziga qo'yib yuborishi mumkin.

Joriy mavsumda Asslani barcha turnirlarni hisobga olganda 28 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ydi.

Aslanining «Xoffenxaym» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Transfermarkt ekspertlari futbolchining bozor qiymatini 30 million evroga baholamoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ