"Real" yozda uch nafar futbolchini qaytaradi
31 MART, 2026, 12:32
Yozda "Real"ga uch nafar futbolchi qaytadi, deb xabar beradi Cadena Ser.Manba malumotlariga ko'ra, madrid klubiga hujumkor yarim himoyachi Niko Pas hamda hujumchilar Viktor Munos va Endrik qaytadi. Ushbu futbolchilar "qaymoqrang"larning mavsumoldi tayyorgarligida ishtirok etadi.
19 yoshli Endrik qishda "Lion"ga ijaraga ketgan edi. 21 yoshli Pas va 22 yoshli Munos hozirda "Komo" va "Osasuna" klublarida o'ynamoqda, lekin "Real"da ushbu o'yinchilarni qaytarib olish imkoniyati bor.
Manba: olamsport.com
