Xoland dunyoda atigi 150 dona bo'lgan noyob avtomobilni sotib oldi (Foto)
31 MART, 2026, 12:18
«Manchester Siti» va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland noyob Maybach Virgil Abloh avtomobilining egasiga aylandi.
The Sun nashrining ma'lumotlariga ko'ra, xarid narxi 400 ming funt sterlingni (qariyb 460 ming evro) tashkil etgan. Ushbu avtomobilning o'ziga xosligi shundaki, undan dunyo bo'ylab atigi 150 dona ishlab chiqarilgan bo'lib, uning dizayni Louis Vuitton moda uyining marhum badiiy rahbari tomonidan ishlab chiqilgan.

Xoland uchun bu kabi xaridlar g'ayritabiiy hol emas. Bundan avval u otasi bilan birgalikda Norvegiya shaharlaridan biridagi kutubxonaga qiymati 130 ming dollardan ortiq bo'lgan nodir tarixiy kitobni sovg'a qilgan edi. Xabarlarga ko'ra, Xoland «Manchester Siti»da yiliga taxminan 31,5 million evro maosh oladi, bu esa uni Evropaning eng ko'p haq to'lanuvchi futbolchilaridan biriga aylantiradi.
