logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 03:06
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Sport yangiliklari (new)
Erkaklar qomatini sozlovchi mayka
Qomatni tik tutushga vibratsiyali korrektor
Новостная лента

De Bryuyne: «Terma jamoadan ketish niyatim yo'q!»

 31 MART, 2026, 11:48

«Napoli» hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne o'z sport formasi va Belgiya terma jamoasidagi ishtiroki haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Asta-sekin sport formamni tiklab boryapman, allaqachon maydonda kutilganidan ko'proq vaqt o'tkazishga ulgurdim. Jamoa bilan qariyb to'rt haftadan beri mashg'ulot o'tkazyapman va o'zimni yaxshi his qilyapman. Ushbu yig'in davomida 90 daqiqalik ikkita to'liq o'yinda qatnasha olsam kerak, deb o'ylamayman, lekin hozircha bunga zarurat ham yo'q.

Jahon chempionatidan keyin terma jamoadagi faoliyatimni yakunlash niyatim yo'q: modomiki o'zimni yaxshi his qilar ekanman — o'ynashda davom etaman», — deya ta'kidladi De Bryuyne. Uning so'zlaridan Tribal Football iqtibos keltirmoqda.

Eslatib o'tamiz, Belgiya terma jamoasi bo'lajak Jahon chempionatida Misr, Eron va Yangi Zelandiya bilan bir guruhdan joy olgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ