Velosportchimiz xalqaro turnirda oltin medalga ega chiqdi
31 MART, 2026, 10:54
Filippinda velosportning trek yo'nalishi bo'yicha o'tayotgan Osiyo chempionatida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Jumladan, yoshlar (yigitlar) o'rtasida tashkil etilgan “scratch” dasturida hamyurtimiz Chingiz Cho'liev oltin medalni qo'lga kiritdi. 7,5 kilometr masofaga mo'ljallangan poygada u Janubiy Koreya, Yaponiya hamda Xitoy vakillarini ortda qoldirib, marraga birinchi bo'lib etib keldi.
Eslatib o'tamiz, bundan avval “Point race” dasturida Nafosat Kozieva oltin, erkaklar orasida Shoislom bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, qizlar o'rtasidagi 20 kilometr (80 aylana) masofadagi “Medison” poygasida Ekaterina Makarochkina va Nadejda Barteneeva juftligi ikkinchi o'rinni egallab, kumush medalga sazovor bo'lgan edi.
