Fabritsio Romano Sandro Tonali yozda jamoasini o'zgartirishi mumkinligini tasdiqladi
31 MART, 2026, 09:00
Dunyoga mashhur insayder Fabritsio Romano italiyalik yarim himoyachi Sandro Tonali va uning 2026 yil yozida «Nyukasl»dan ehtimoliy ketishi haqida fikr bildirdi.
«Nyukasl» Sandro Tonalining shu yozda boshqa klubga o'tishini kutmoqda. Klub rahbariyati futbolchining boshqa jamoaga transfer qilinish istagiga ochiq ekanligini biladi. "Arsenal" unga qiziqish bildirmoqda, biroq hozircha muzokaralarda siljish yo'q. "Manchester Yunayted" va futbolchining agentlari o'rtasida ehtimoliy transfer bo'yicha muhokamalar boshlandi», — deb yozadi Romano o'zining shaxsiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum yakunlariga ko'ra «Nyukasl»ning evrokuboklarga yo'l olishi dargumon bo'lib turibdi. «Qarg'alar» Chempionlar Ligasining 1/8 finalida «Barselona»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 3:8 hisobida imkoniyatni boy berishdi.
APLda esa «Nyukasl» 42 ochko bilan 12-o'rinni egallab turibdi. Evrokuboklar yo'llanmasi uchun kurashda raqobat o'ta yuqori ekanligi jamoaning ishlarini yanada qiyinlashtirmoqda.
